AsosiyJamiyat

Prezident Sergeli tumani 300-maktab direktorini "O`zbekiston xalq o`qituvchisi" unvoni bilan taqdirladi

'Prezident Sergeli tumani 300-maktab direktorini "O`zbekiston xalq o`qituvchisi" unvoni bilan taqdirladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Sergeli tumani 300-maktab direktorini "O`zbekiston xalq o`qituvchisi" faxriy unvoni bilan taqdirlash to`g`risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda

Farmonga ko`ra, Saidxodjaeva Nigora Ergashevna "O`zbekiston Respublikasi xalq o`qituvchisi" faxriy unvoni berildi. 

Xalq ta`limi sohasidagi ko`p yillik samarali mehnati, yosh avlodni ezgu g`oyalar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, jonajon Vatanimiz va xalqimizga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash, kelajagimiz egalari bo`lgan yoshlar qalbida ilm-fan va bilimga intilish, mehnatsevarlik va bag`rikenglik ko`nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga qo`shgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun taqdirlandi. 

    Boshqa yangiliklar