AsosiyJamiyat

Surxondaryodagi xonadonlardan biri yonib ketdi

'Surxondaryodagi xonadonlardan biri yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 29-yanvar kuni soat 07:43 da Surxondaryo viloyati Termiz shahar “Manguzar” mahallasida joylashgan uylarning birida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FV bo`limiga xabar kelib tushgan

Shunga ko`ra, 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 07:50 da etib borib, yong`in soat 07:52 da qurshab olingan va soat 08:05 da o`chirilgan.

Yong`in natijasida uy oshxonasining 9 kv.m maydonda shift qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning sa`y-harakati natijasida yashash uyi yong`indan saqlab qolingan.  

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.

Hozirda yong`inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar