Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro N.U. firibgarlik yo`li bilan daromad topishni rejalashtirgan.
Shu maqsadida, fuqarolar A.B. va E.T.larni Farg`ona shahridagi IIV akademik liseyiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga ularning 1 200 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida N.U. olgan pullari hisobidan 1 mln so`mni qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






