AsosiyJamiyat

Ijtimoiy nafaqa oluvchi o`zgalar parvarishiga muhtoj yolg`iz shaxslarga kompensasiya to`lovi joriy etiladi - Prezident farmoni

'Ijtimoiy nafaqa oluvchi o`zgalar parvarishiga muhtoj yolg`iz shaxslarga kompensasiya to`lovi joriy etiladi - Prezident farmoni'ning rasmi

“Aholinnig ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo`llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi Prezident farmoni (PF–58-son, 28.01.2022 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko`ra, 2022 yil 1 martdan:

- uy-joy kommunal xizmatlar haqini to`lash bo`yicha imtiyozlar o`rniga oylik kompensasiya pul to`lovlari, uni olish huquqiga ega bo`lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat`i nazar to`lab boriladi;

- ijtimoiy nafaqa oluvchi o`zgalar parvarishiga muhtoj yolg`iz shaxslarga kompensasiya to`lovi joriy etiladi.

Bunda, har oylik kompensasiya to`lovi – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi (130 050 so`m) miqdorida to`lanadi.

Yoshi 100 ga to`lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi (289 ming so`m) miqdorida qo`shimcha to`lov belgilanadi.

Bunda, qo`shimcha to`lov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali respublika byudjeti va byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladi.  

    Boshqa yangiliklar