AsosiyJamiyat

O`zbek ilm-fan og`ir judolikka uchradi

'O`zbek ilm-fan og`ir judolikka uchradi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Respublikasi fan arbobi, Hamza nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, filologiya fanlari doktori, professor, katta adabiyotshunos olim Umarali Normatov 91 yoshda olamdan o`tdi.

Umarali Normatov 1931 yil 3 yanvarda Farg`ona viloyati Beshariq tumanida tug`ilgan. 1957 yil Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan.

ToshDU (hozirgi O`zMU) filologiya fakultetining o`zbek abadiyoti kafedrasida katta o`qituvchi, dosent, kafedra mudiri, 2001 yildan kafedra professori bo`lib ishlagan.

Ilmiy faoliyatida realizm masalalari, XX asr o`zbek adabiyoti, adabiy jarayon hamda adabiy tanqidchiligining o`ziga xos xususiyatlari, shuningdek, A.Qodiriy, Sh.Xolmirzaev, P.Qodirov, O`.Hoshimov kabi ijodkorlarning asarlari bilan bog`liq masalalar muhim o`rin egallaydi.

Olim «Nasrimiz ufqlari» (1978), «Qalb inqilobi» (1986), «Qodiriy bog`i» (1996), «Umumbaxsh tamoyillar» (2000), «Qahhorni anglash mashaqqati» (2000) kabi kitoblar muallifi edi.

"Darakchi.uz" jamoasi marxumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

    Boshqa yangiliklar