Ijtimoiy tarmoqlarga "Qarshi tumanidagi 12-maktab direktori o`qituvchidan darsga qatnamagan o`quvchiga Kundalik.com platformasida baho qo`yishni talab qildi. Direktorning talabi to`g`rimi?" mazmunidagi murojaat joylashtirildi.
Qashqadaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi ushbu murojaatga munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, holat tegishli mas`ullar tomonidan o`rganilgan. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan bir qator mutasaddi mas`ullarga O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli bandlariga asosan intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan.






