AsosiyJamiyat

Endilikda O`zbekiston bo`ylab koronavirusga qarshi emlanganlar qimmatbaho buyumlar yutib olish imkoniga ega bo`ladi

'Endilikda O`zbekiston bo`ylab koronavirusga qarshi emlanganlar qimmatbaho buyumlar yutib olish imkoniga ega bo`ladi'ning rasmi

15 yanvardan boshlab 5 oy davomida O`zbekiston bo`ylab koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar o`rtasida «Vaksina - to`g`ri tanlov» yutuqli o`yinlari tashkil qilinadi. Unga ko`ra, HAR HAFTA 35 ta velosiped, 25 ta televizor, 25 ta smartfon va 25 ta planshet o`ynaladi.

Har oyning so`nggi shanba kunida esa super-yutuq —  "Malibu" avtomobili o`ynaladi!

O`tgan shanba kuni Zo'rTV kanalida ilk g`olib aniqlandi — Farg`onaning Furqat tumanidan Esonaliev Bahodirjon Xaliljon o`g`li "Malibu" egasiga aylandi.

— Bahodir aka, faqat bitta joyi bor, "Malibu"ni rangi oq emas qora, bo`laveradimi?

— E, aka, farqi yo`q, qizil bo`lsa ham olovuramiz 

Eslatma: 15 yanvardan boshlab vaksina olgan barcha fuqarolar avtomatik ravishda yutuqli o`yin ishtirokchisiga aylanishadi, qo`shimcha ravishda biror joydan ro`yxatdan o`tish shart emas. Vaksina turining farqi yo`q, istalganini olsa hisob. Qaysi dozaligini ham farqi yo`q.

Siz ham vaksina oling, bu eng avvalo o`z salomatligingiz uchun zarur.

    Boshqa yangiliklar