AsosiyDunyo

“The Guardian”: Turkiyada yashovchi o`zbek IShID jangarilariga soxta pasport sotayotgani aniqlandi

'“The Guardian”: Turkiyada yashovchi o`zbek IShID jangarilariga soxta pasport sotayotgani aniqlandi'ning rasmi

Rasmiy vizalar yopishtirilgan soxta pasportlar yasovchi "tadbirkor" IShID ekstremistik guruhiga aloqador shaxslarga Suriyadan Buyuk Britaniya, EI mamlakatlari, Kanada va AQShga sayohat qilish imkonini beradi. Bu haqda  “The Guardian” nashri o`tkazgan surishtiruvlariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiyada yashovchi o`zbek o`zi boshqaradigan ana shunday "biznes" orqali hozirda yuqori sifatli ko`rinishga ega qalbaki pasportlarni 15 000 dollargacha pullamoqda.

Nashr Suriya chegarasini noqonuniy kesib o`tgan odamlar Istanbul aeroporti orqali xorijiy davlatlarga etib borishga muvaffaq bo`lgan kamida 10 ta holatni aniqlagan.

"O`zbekning biznesi shu qadar gullaganki, u yaqinda "Telegram"da  "Istanbul Global Consulting" rasmiy nomi bilan yangi kanal ochgan. O`sib borayotgan bunday savdo jarayonlari Suriyadan boshqa mamlakatlarda ham terrorchilik faoliyatini davom ettirishlari mumkinligini ko`rsatadi",-deya xavfdan ogohlantiradi “The Guardian".

Shuningdek, "The Guardian" vakili ushbu uddaburon "tadbirkor" bilan suhbatlashganda u har kim bilan ishlashga tayyor ekanligini bildirgan.

"Men kimning qaysi guruhda ekanligi haqida so`ramayman. Men har kim bilan ishlashga tayyorman",- deydi o`zbekistonlik o`zini mijoz sifatida ko`rsatgan "The Guardian" vakili bilan suhbatda.  

“Kim yomon va kim yomonligini bilish mening ishim emas. Bu bilan Xavfsizlik xizmatlari shug`ullanishi kerak".

    Boshqa yangiliklar