1

Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi to`liq metrajli badiiy filmlar uchun ssenariylar tanlovini e`lon qiladi

Madaniyat 01.02.2022, 19:19
Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi to`liq metrajli badiiy filmlar uchun ssenariylar tanlovini e`lon qiladi

2022 yil “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili”da yosh kinoijodkorlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi” DUK  35 yoshgacha bo`lgan yosh kinoijodkorlarni ruhlantirish maqsadida, “Yangi O`zbekistonda inson qadrini ulug`lash!” shiori ostida 10 ta to`liq metrajli badiiy filmlar uchun ssenariylar tanlovini e`lon qiladi. Ssenariylar avtobiografik, drama, melodrama, komediya, sarguzasht, triller, mistika, bolalar kinosi, sport janrlariga xos bo`lib, ularda yangi O`zbekistonda yuz berayotgan o`zgarishlar, istiqbolli g`oyalar va yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda o`zini o`zi boshqarish organi-mahallaning roli, tadbirkor va ishbilarmonlarning  jamiyatdagi o`rni, mashaqqatli mehnati, yosh shifokorlarning koronavirusga qarshi kurashi bilan bir vaqtda oilaviy hayot, bolalarning beg`ubor olami, ishq-muhabbat, favqulodda hodisalar va albatta yumorga boy kulguli voqealar aks etgan bo`lishi kerak.

Tanlov xalqaro tajribada muvaffaqiyatli amalga oshirilgan “Pitching” taqdimotlari orqali o`tkaziladi. Tanlov uchun Ssenariylar 2022 yil 1 fevraldan - 28 fevralga qadar taqdim etilishi lozim. Taqdim etilgan ssenariylar xalqaro standartlarga mos formatda, o`zbek tili imlo qoidalariga rioya qilingan holda yozilgan bo`lishi kerak.

Pitchingda quyidagilar tanishtiriladi:

 

1.Loyiha nomi

2.Loyihaga jalb qilingan jamoa - prodyuser, ssenarist, rejissyor, aktyorlar, qahramonlar.

3.Film treylerini namoyish qilish (30-60 sekund, mavjud bo`lsa).

4. Personajlar, syujet, asosiy voqelar.

5. Loyiha haqida qo`shimcha ma`lumotlar (1-5 daqiqa)

6. Xronometraj

7.Film byudjeti (ishlab chiqarish bo`yicha xarajatlar)

        8. Loyihaning amalga oshirilish muddati

        9. Lokasiyalar

        10.Qo`shimcha ma`lumotlar.

 

Tanlovga kelib tushgan murojaatlardan kelib chiqqan holda pitching va taqdimot kunlari e`lon qilinadi.

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor ko`chasi 1-a uy. Indeks: 100115.

 Elektron pochta manzili: tanlov_debyut@mail.ru

 Ma`lumot uchun tel:  94.936-12-21.   97 705 37 23.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1