Angliya Premer-liga klublari qishki transferlar uchun 295 million funt sarfladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu APL tarixidagi eng ko`p pul sarflangan ikkinchi transfer oynasiga aylandi. 2018 yilda APL klublari jami 430 million funt sarflagan holda birinchi o`rinda turibdi.
Bu safargi transfer oynasida "Nyukasl" klubi etakchi bo`ldi. Klub salkam 100 million funt sterling sarfladi.
"Everton", "Norvich", "Nyukasl", "Uotford" va "Bernli" yakunlangan transfer bozorida 150 mln funt sarflagani ma`lum qilindi.
Taqqoslash uchun, 2021 yilgi qishki transfer vaqtida klublar 70 million funt sterling sarflagandi.






