Gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang "Arsenal"ni tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Arsenal" Obameyang bilan shartnoma tomonlar kelishuviga ko`ra bekor qilgan.
32 yoshli futbolchi so`nggi 2,5 mavsum davomida "Arsenal" sardori bo`ldi. Obameyang safida barcha musobaqalarda 162ta o`yin o`tkazib, 92ta gol urdi.
Uning keyingi jamoasi "Barselona" bo`lishi aytilmoqda. Futbolchi allaqachon kataloniyaliklar mashg`ulotlarida ishtirok etmoqda. Biroq klub uning transferini hali e`lon qilganicha yo`q.






