DXX katta miqdordagi valyuta — 1,64 mln. AQSh dollarini Qirg`izistonga olib chiqilishiga chek qo`ydi.
Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi «Damas» avtomashina tekshirilganda, unda 968 ming 900 AQSh dollari borligi ma`lum bo`ldi.
Shuningdek, ushbu tumandagi yog`och bozori hududida uni kutib turgan, 1964 y.t., muqaddam sudlangan jinoiy sherigi ham ushlanib, uning «Damas» avtomashinasida bo`lgan 672 ming 206 AQSh dollari ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Bundan tashqari, O`zbekistonda vaqtincha ro`yxatdan o`tib, yashayotgan ushbu jinoiy guruh etakchisi, qirg`izistonlik shaxs Toshkent shahrida hamda guruh a`zolari bo`lmish 5 nafar Qirg`iziston fuqarolari Andijon shahrida qo`lga olindi.
Tadbir natijasida jami 1 mln. 641 ming 106 AQSh dollarining mamlakatimizdan chiqib ketilishiga chek qo`yildi.






