AsosiyJamiyat

"Ko`pchilik tomoshabin bo`lib qolmoqda" — Prezident ekologik muammolarga befarqlikni tanqid qildi

'"Ko`pchilik tomoshabin bo`lib qolmoqda" — Prezident ekologik muammolarga befarqlikni tanqid qildi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi:

«Hammangiz yaxshi bilasiz, xalqimiz azaldan tabiatni muqaddas deb bilgan. Tuproqni, suvni, havoni, ostonasini pok saqlashga intilgan. Xalqimizda «Birni kessang, o`nni ek» degan dono maqol ham bejiz aytilmagan.  

Oilada yangi farzand dunyoga kelsa, unga atab nihol ekilgan. Afsuski, mana shu ezgu odatlar bugun deyarli yo`qolib ketdi. Odamlarimiz hatto eshigi va hovlisi atrofini tozalashdan, daraxt, gul, ko`chat ekib, saranjom-sarishta qilib qo`yishdan erinadigan bo`lib qoldi.  

Nega bu masalada OAV orqali hamda mahallalarda bong urilmayapti? Qani mahalla faollari, nuroniylarimiz va jamoatchiligimiz? Afsuski, ko`pchilik tomoshabin bo`lib qolmoqda», — dedi davlatimiz rahbari.

«Eng muhim masala — aholining ekologik madaniyatini oshirish haqida jiddiy bosh qotirishimiz zarur.  

Bugun ko`chaga yoki istalgan joyga qarang. Hamma joyda odamlar tashlab ketgan chiqindilarni ko`rasiz.

Biz ona yurtimizni muqaddas deymiz. Agar shu yurt, shu tuproq biz uchun muqaddas bo`lsa, nima uchun uni toza-ozoda saqlamaymiz?» — deya mavzuni davom ettirdi Prezident.

 

    Boshqa yangiliklar