“O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan yo`lovchilarga yanada ko`proq qulaylik yaratish maqsadida 2022 yil 5 fevraldan boshlab, “Qo`ng`irot – Andijon – Qo`ng`irot” yo`nalishida harakatlanayotgan 654/653 - sonli yo`lovchi poezdlari "Qo`ng`irot – Namangan – Andijon – Qo`ng`irot” yo`nalishida qatnovni amalga oshirishni boshlaydi.
Ushbu poezdlar harakat davomida “Xo`jayli”, "Konliko`l" temir yo`l stansiyalarida ham to`xtab o`tadi.
Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan olish mumkin.






