Afg`onistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon” harakati Qozog`istonda yuz bergan tartibsizliklarda harakat jangarilari ishtirok etgan bo`lishi mumkinligi to`g`risidagi ayblovlarni rad etadi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.
“Afg`onistonning Qozog`istondagi beqarorlikka aralashuvi haqidagi iddaolar haqiqatga to`g`ri kelmaydi”, deya harakat matbuot kotibi o`rinbosari Inomulla Samangoniy o`z Twitter sahifasida yozdi.
"Qator OAV Qozog`istondagi tartibsizliklarda ayrim afg`onistonliklar ham ishtirok etgani to`g`risida rossiyalik rasmiy shaxslardan iqtibos keltirmoqda. Biz bunday da`voni rad etamiz" - dedi Samangoniy.
“Afg`oniston islom amirligi hech kimga boshqa davlatlarga zarar etkazish yoki ishlariga aralashish uchun Afg`oniston hududidan foydalanishiga yo`l qo`ymaydi va buning hech qanday isboti yo`q”, - deya ta`kidladi Tolibon vakili.
Samangoniy yana bir bor “Afg`oniston hududidan boshqa hech bir davlatga tahdid yo`qligini qo`shimcha qildi.






