AsosiyJamiyat

O`zbekiston va AQSh o`rtasida tibbiyot bo`yicha hamkorlik aloqalari kengaymoqda

'O`zbekiston va AQSh o`rtasida tibbiyot bo`yicha hamkorlik aloqalari kengaymoqda'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligida AQShning O`zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum, USAIDning O`zbekistondagi missiyasi hamda AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

SSV xabariga ko`ra, muloqot avvalida davlatlar o`rtasida tibbiyot sohasida o`zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotgani, shuningdek, O`zbekiston tomoni AQShning koronavirus pandemiyasi davrida ko`rsatayotgan amaliy ko`magidan minnatdor ekanligi qayd etilgan.

Jumladan, COVID-19ga qarshi kurash uchun COVAX dasturi bo`yicha 5 million dozadan ziyod “Moderna” va “Pfizer” vaksinalari taqdim etilgani aholi salomatligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etgani aytiladi.

AQSh vakillarining ta`kidlashicha, joriy yilning sentyabr oyiga qadar O`zbekistonga yana 5 million doza ana shunday vaksinalar etkazib berilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvda kelgusida tibbiy ta`limni rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirish, infeksion kasalliklarning oldini olish, jumladan, grippga qarshi vaksinalarni etkazib berish bo`yicha hamkorlik istiqbollari muhokama etilgan.

Shu jumladan, O`zbekiston tibbiyot tizimining turli favqulodda holatlarda tezkor va sifatli faoliyat yuritishini ta`minlash maqsadda ko`chma shifoxonalar tashkil etish, mobil shoshilinch tibbiy yordam tizimini shakllantirish, shuningdek, farmasevtika sanoatini rivojlantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.

    Boshqa yangiliklar