AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyati hokimiyatida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

'Qashqadaryo viloyati hokimiyatida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-76-sonli qarori bilan Qashqadaryo viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimi tugatilib, hokimning qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo`jalik, ekologiya va ko`kalamzorlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga o`zgartirilgan. Shu munosabat bilan hokimlikda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. 

Unga ko`ra:

Eshonkulov Akbar Burxonovich - viloyat hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo`jalik, ekologiya va ko`kalamzorlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga;

To`raev Behzod To`raevich - viloyat hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo`jalik, ekologiya va ko`kalamzorlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari kotibiyati mudiri lavozimiga;

Mirzaraximov Nurbek G`ofuralievich - viloyat hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo`jalik, ekologiya va ko`kalamzorlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari kotibiyati etakchi mutaxassisi vazifasiga;  

Azimov Husniddin To`ramurodovich - viloyat hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo`jalik, ekologiya va ko`kalamzorlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari kotibiyati Er uchastkalari olib qo`yilishi va kompensasiya berish ishlarini muvofiqlashtirish sho`basi mudiri lavozimiga;

Tojiboev Sanjarbek Tulkinovich - viloyat hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo`jalik, ekologiya va ko`kalamzorlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari kotibiyati Er uchastkalari olib qo`yilishi va kompensasiya berish ishlarini muvofiqlashtirish sho`basi etakchi mutaxassisi  vazifasiga o`tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar