AsosiyJinoyat

Samarqandda fermer 1 gektar yerni 20 000 AQSH dollariga sotayotganida qo‘lga olindi

'Samarqandda fermer 1 gektar yerni 20 000 AQSH dollariga sotayotganida qo‘lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo`limi hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi “T.A.” fermer xo`jaligi rahbari J.T. xo`jalikning sug`oriladigan er maydonining 1 gektarini fuqaro D.ga firibgarlik yo`li bilan sotishga kelishib, tanishlari yordamida ushbu er maydonida “Issiqxona” qurish uchun hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (sug`oriladigan er uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo`lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o`zga shaxsga berish) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar