1

Ajrashgan ayoldan har bir oilali ayol eshitishi kerak bo`lgan 10 maslahat

SUG'DIYONA 24.05.2016, 16:00
Teglar: Ayol, Oila, Er-xotin
Ajrashgan ayoldan har bir oilali ayol eshitishi kerak bo`lgan 10 maslahat

Har bir ayol turmush qurar ekan, avvalo baxtli bo`lish,ko`z ochib ko`rgan turmush o`rtog`i bilan farzandlar kamolini ko`rish haqida orzu qiladi. Biroq, hayotda hamma narsa bo`lishi mumkin. Ikki inson bir necha yillar mobaynida bir yostiqqa bosh qo`yib, bir-birini bilmasligi, tushunmasligi va kun kelib boshqa-boshqa yo`llardan hayotlarini davom ettirishlari ham mumkin. Quyida turli sabablarga ko`ra, oilasi bilan ajrashgan ayol oilali ayollarga nikohni saqlab qolish va tinch-farovon turmush qurish borasidagi maslahatlari bilan o`rtoqlashadi.

Eringizni hurmat qiling

E`tibor bering, men eringiz chin ma`noda hurmatga sazovor paytidagina uni hurmat qiling, demayapman. Erkak kishi har doim rafiqasining hurmatiga, qo`llab-quvvatlashiga muhtoj bo`ladi. Faqat hurmatga munosib kishinigina hurmat qilish kerak, degan fikr noto`g`ri. Eringiz hamma boshqalar qatori oddiy inson ekanligini unutmang. To`g`ri, u ba`zida xato qiladi, qoqiladi. Bu degani—uni behurmat qilish kerak degani emas. 

Maslahatimga amal qiling, shunda siz ijobiy natijalarni qo`lga kiritasiz. Sizning hurmatingiz turmush o`rtog`ingizni qanchalik ruhlantirganiga o`zingiz amin bo`lasiz.

Boriga qanoat qilishga o`rganing!

Balki sizning eringiz dugonangiznikidek mashina olib bera olmas. Uning topishi ham o`sha qimmatbaho kiyimlar kiyib yuradigan qo`shni ayolning erinikidan kamroqdir. Balki, eringiz siz qachonlardir orzu qilgan yoki atrofingizdagilar sizning qulog`ingizga quyganidek kelishgan va ko`rkam emasdir. Biroq, u sizga uylangan va ozmi-ko`pmi sizni baxtli qilish uchun ishlayapti, mehnat qilyapti. Turmush o`rtog`ingizning mana shu harakatining o`ziyoq uning hurmatga sazovor inson ekanligini anglatadi. Boriga qanoat qiling. Shukr qilishni o`rganing. O`z hayotingizni boshqalarniki bilan solishtirmang, o`z hayotingiz bilan yashang. 

Xudo,er, farzandlar—hayotingizdagi asosiy tartib

Bilaman, hozirgi kunda bu fikr biroz qadrini yo`qotgandek. Ayniqsa ayollar o`rtasida. Ammo so`zlarimni diqqat bilan tinglang. Din mening hayotimda asosiy o`rin egallaydi. Ammo siz e`tiqod qiladigan dindan qat`iy nazar turmush o`rtog`ingiz farzandlaringizdan ustun bo`lishi kerak. Ammo hech bir haqiqiy erkak o`zini deb farzandlaringizni tashlab qo`yishingizga imkon bermaydi. Buni ham yodda tuting. Lekin turmush o`rtog`ingiz hayotingizda asosiy o`rinda tursin. Farzandlaringiz kun kelib, o`qishga ketishadi, turmush qurib, alohida yashash uchun sizning uyingizni tark etishadi. Turmush o`rtog`ingiz esa sizning bir umrlik do`stingiz, hamrohingiz. Unga bo`lgan tuyg`ularingizni yangilab, sayqallab turmasangiz, kun kelib uning uchun zerikarli insonga aylanib qolishingiz mumkin.   

Kechirimli bo`ling

Hech kim mukammal emas. Biz hammamiz xato qilamiz. Agar kechirimlilik sizning o`zingizga xos odatingizga aylansa, qalbingizdagi nafrat ulg`aymaydi. Masalan, turmush o`rtog`ingiz kiyimlarini betartib ravishda to`zg`itib ketdi, deylik. Sizga uning bu odati yoqmaydi. Biroq, siz unga buni bildirmang. Uning maishiy hayotdagi kichik xatolaridan tortib, sizningcha kechirib bo`lmas darajadagi xatolarni ham kechiring. Shunda ikkingiz uchun ham yaxshi bo`ladi. 

U bilan ko`proq suhbatlashing

Bilasizmi, men turmush o`rtog`imga qalbimdagi kechinmalar haqida deyarli gapirmasdim. Bu mening yomon odatim edi. Men ko`pchilik ayollarga o`xshab fikrlardim: nima sababdan jahlim chiqayotganini u o`zi bilishi shartdek edi. Bu esa imkonsiz va mantiqsiz harakat. Erkaklar biz ayollardek fikrlamaydi, ular o`zlarini beparvo tutayotganini har doim ham anglayvermaydi. Qalbingizdagi kechinmalar, o`y-fikrlaringiz haqida unga ayting. 

U bilan tez-tez uchrashuvlarga chiqing

Bu gap ko`p eshitganingizdan siyqasi chiqqandir, balki. Ammo bu juda muhim. Hech qachon u bilan uchrashuvlarga chiqishni kanda qilmang. Restoranda kechki ovqatni tanovvul qilish yoki kinoga borishga imkoningiz bo`lmasa, shunchaki birgalikda sayr qiling. Ammo, har kuni faqat ikkingiz yolg`iz qolib, so`zlashing,bir-biringizdan vaqtingizni ayamang. Suhbatda imkon qadar oila byudjeti, bolalarning kun tartibi haqida emas, balki kelajakdagi rejalar haqida gaplashing. Shunda siz bir-biringizning hali ochilmagan qirralaringizni kashf etasiz.  

Hech qachon unga ajrashish bilan tahdid qilmang!

Arzimagan sabablarga ko`ra aytishib, arazlashib qolganingizda ajrashish haqida o`ylamang. Turmush o`rtog`ingizga ajrashish bilan tahdid qilmang! Men mana shu odatimdan ko`p pand eganman. Bundan keyingi hayotimda aynan mana shu xatoimni takrorlamaslikka harakat qilaman. Men erimdan xafa bo`lganimda har safar uni ham ko`proq xafa qilishga harakat qilardim. Biroq bu harakatim o`zimni yaxshi his etish imkonini bermagan.

Uning o`ziga xos “muhabbat tili” ni o`rganing!

Har birimizda faqat o`zimizga xos bo`lgan sevgi tili bor. Siz uni qanday qabul qilishingiz, eringiz sizni qanday qabul iqlishidan biroz farq qiladi. Unga ko`proq nima yoqadi? Sizning ruhiy qo`llab-quvvatlashingizmi, yoki u moddiy sovg`alarni xush ko`radimi? Uning o`ziga xos muhabbat tili qanday bo`9lsa, u bilan shu tilda suhbatlashing. 

Hech qachon u haqda yomon so`zlarni so`zlamang

Agar eringiz bilan munosabatlaringiz xavas qilgudek bo`lmasa, yaxshisi oilaviy psixologga murojaat qiling. Bu ikkingizning o`rtangizdagi muammoni hal etishning eng yaxshi usuli.  Onangiz, opa-singillaringiz yoki dugonangiz har doim ham sizga to`g`ri maslahat bera olmaydi. Buni yodda tuting! Yaqinlaringiz muammoning faqat bir tomondangina bilishadi va ko`pincha noxolis maslahatlar berishadi. Shuning uchun ham onangiz, opa-singlingiz yoki dugonangizga hech qachon eringizni yomonlamang! 

Uni seving

Hayotda ba`zan turmush o`rtog`ingiz sizni sevmay qo`ygandek tuyuladi. Biroq, siz shunday bo`lsa ham uni sevib, ardoqlashda davom eting. Hatto eringizni yoqtirmay qolgandek tuyulsangiz ham, uni sevishda davom eting. Esingizdami, qachonlardir bir-biringizni sevib,bir umr birga baxtli yashash maqsadida turmush qurgandingiz. Hammada ham qiyinchilik va muvaffaqiyatsizliklar bo`ladi. Bu o`tkinchi. Uni sevishda davom eting.  

Manba: coffeeinbed.info

 

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1