Yangi Zelandiyada koronavirusga qarshi cheklovlar bekorp qilinadi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardernning aytishicha, Avstraliyada emlangan yangi zelandiyaliklar 27-fevraldan, boshqa davlatlarda emlangan fuqarolari esa 13-martdan uylariga qaytishlari mumkin.
Barcha sayohatchilar 10 kun davomida o`zini izolyasiya qilishlari kerak.
Yangi Zelandiya hukumati 12 apreldan boshlab 5 ming nafargacha xorijlik talabalarni mamlakatga kiritishni rejalashtirgan. Avstraliyaliklar va odatda Yangi Zelandiyaga vizasiz kirishlari mumkin bo`lgan boshqa barcha mehmonlar iyulm oyidan mamlakatga kirishlari kutilmoqda. O
Yangi Zelandiyaning chegaralari pandemiya sababli qariyb ikki yildan buyon yopiq edi. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan beri deyarli deyarli 17 ming kishi kovidga chalingan, 53 kishi kasallikdan o`lgan.






