AsosiySport

"Paxtakor" Angliyada o`ynagan hujumchi transferini e`lon qildi

'"Paxtakor" Angliyada o`ynagan hujumchi transferini e`lon qildi'ning rasmi

Angliya chempionshipi jamoasi "Blekpul"ni erkin agent sifatida tark etgan hujumchi "Paxtakor" safini to`ldirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Anderlext" va "Benfika" jamoalari tarbiyalanuvchisi sanalgan Olisher Sharkich "Paxtakor" bilan 2022 yil oxirigacha mo`ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Oliver faoliyati davomida "Fafe" (Portugaliya), "Lids" (Angliya), "Barakaldo" (Ispaniya), "Barton Albion" (Angliya), "Mansfild Taun" (Angliya) va "Blekpul" (Angliya) kabi jamoalar safida o`ynagan. Bir necha kun avval "Blekpul"ni tark etdi va bugun "sherlar" bilan shartnoma imzoladi. Sharkich Chernogoriyaning turli yoshdagi terma jamoalari safida maydonga tushgan. "Benfika" yoshlar jamoasi tarkibida yoshlar o`rtasidagi Chempionlar Ligasida qatnashib, bir necha gollar muallifiga aylangan.

    Boshqa yangiliklar