AsosiySport

Samarqand 2026 yilgi Butun jahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilishi mumkin

'Samarqand 2026 yilgi Butun jahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilishi mumkin'ning rasmi

Turizm va sport vazirligi O`zbekistonda shaxmat sportini yanada ommalashtirish va rivojlantirish, shaxmat maktablari faoliyatini kuchaytirish va xalqaro grossmeysterlar safini oshirish hamda shaxmatni yurtimizda eng ommaviy sport turiga aylantirishga qaratilgan ochiq muloqot bo`lib o`tdi. Uni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, mamlakat shaxmat federasiyasi raisi Aziz Abduhakimov olib bordi.

Ma`lum qilinishicha,O`zbekiston 2026-yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasi mezbonligi uchun da`vogarlar safiga kirganligi ma`lum qilindi. Bu haqda turizm va sport vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Mezbonlikni qo`lga kiritish uchun nomzodlar qatorida shaxmat vatani sifatida e`tirof etiladigan Hindiston va dunyoga bir qator nomdor shaxmatchilarni etishtirib bergan Vengriya bor.

Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimovning ta`kidlashicha, ushbu nufuzli musobaqa ko`hna va navqiron Samarqand shahrida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar