Madaniyat va san`at milliy mukofoti ta`sis etiladi

Madaniyat 04.02.2022, 08:26
Madaniyat va san`at milliy mukofoti ta`sis etiladi

Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi. 

Qarorda belgilanishicha, aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko`rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo`lga qo`yish, madaniyat va san`at sohasida iste`dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo`llab-quvvatlash, ta`lim muassasalarini milliy cholg`ular, musiqa darsliklari, notalar to`plamlari va o`quv-metodik adabiyotlar bilan ta`minlashning yaxlit tizimini yaratiladi. 

Shunga ko`ra, 2022/2023 o`quv yilidan boshlab ta`lim muassasalarida o`quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko`nikmalarini oshirish chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur qarorga muvofiq ro`yxatda keltirilgan milliy musiqa cholg`ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o`rgatiladi hamda bu haqda ularning ta`lim to`g`risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi;

  • musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir o`quv soati hamda unga qo`shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg`ularida kuy ijro etish amaliy to`garaklari va fakultativ darslari o`tkaziladi;
  • mazkur qarorga ro`yxatda keltirilgan milliy cholg`ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o`quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo`lish musiqa fani o`qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi;
  • musiqa fani uchun ajratilgan o`quv soatlari doirasida “Hayotimga hamrohdir cholg`u” shiori ostida cholg`u ijrochiligi dars mashg`ulotlari yo`lga qo`yiladi;
  • notalar to`plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta`minlash umumta`lim maktablarini darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalar bilan ta`minlash tizimiga kiritiladi;
  • o`quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga ko`ra milliy musiqa cholg`ularida kuy ijro etish mahorati, tasviriy va amaliy san`at, hunarmandchilik yo`nalishlarida amaliy to`garaklar (keyingi o`rinlarda – amaliy to`garaklar) tashkil etiladi;
  • amaliy to`garaklar rahbarlariga “Barkamol avlod” bolalar maktablari to`garak rahbari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari qo`llaniladi;
  • amaliy to`garaklarni olib borish hisobi “Elektron kundalik” dasturi orqali amalga oshiriladi hamda har chorakda to`garak ishtirokchilarining hisobot konsertlari tashkil qilinadi;
  • musiqa san`ati bo`yicha professional ta`lim hamda oliy ta`lim to`g`risidagi hujjatga ega bo`lgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholg`ularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan bo`sh vaqtida u erdagi mehnatga haq to`lash shartlarini saqlab qolgan holda o`rindoshlik asosida umumiy o`rta ta`lim muassasalari musiqa fani o`qituvchisi va musiqa yo`nalishidagi to`garak rahbari lavozimiga to`liq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi;
  • musiqa fani o`qituvchilarini kamida uchta milliy musiqa cholg`ularida kuy ijro etishga o`rgatish xalq ta`limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi doirasida amalga oshiriladi, bunda qayta tayyorlash (malaka oshirish) kurslarida mashg`ulot olib borish uchun madaniyat va san`at sohasi vakillari shartnoma asosida jalb etiladi.

Shuningdek, umumiy o`rta, o`rta maxsus, professional va oliy ta`lim muassasalarida:

  • O`zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo`limlari tomonidan boshqa madaniyat muassasalari bilan hamkorlikda lektoriy konsertlarini o`tkazish yo`lga qo`yiladi;
  • lektoriy konsertlari ta`lim va madaniyat muassasalarida tashkil etiladi hamda o`quvchi va talabalarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishga, estetik didi, dunyoqarashini kengaytirishga va musiqani his qilishiga qaratilgan amaliy mashg`ulotlardan iborat bo`ladi;
  • lektoriy konsertlarining o`tkazilganligi haqida tegishli ta`lim, madaniyat muassasasi, tuman (shahar) hokimligi yoki boshqa mas`ul tashkilot rahbari va O`zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori tomonidan dalolatnoma tuziladi.

Ta`kidlanishicha, lektoriy konsertlarini o`tkazish bilan bog`liq xarajatlar mahalliy byudjet mablag`lari (umumiy o`rta ta`lim muassasalarida) va byudjetdan tashqari mablag`lar (oliy ta`lim muassasalarida) yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan dalolatnoma asosida moliyalashtiriladi.

Shu bilan birga, Qarorda yana quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • O`zbek milliy maqom san`ati markazining hududiy bo`limlari tashkil etiladi;
  • Madaniyat va san`at milliy mukofoti ta`sis etiladi;
  • Madaniyat va san`at sohasi vakillari, iste`dodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi;
  • O`zbek milliy maqom san`ati markazining hududiy bo`limlari tashkil etiladi;
  • 2023 yil Davlat byudjeti parametrlarida Jamg`armaga 50 milliard so`m ajratiladi.

Ma`lumot uchun, “Madaniyat va ma`rifat” telekanali Madaniyat vazirligining Bosh axborot hamkori etib belgilanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1