Prezident Shavkat Mirziyoev qishki Olimpiya o`yinlari ochilishida ishtirok etish uchun Pekinda bo`lib turibdi.
Prezident matbuot kotibining xabar berishicha, bugun "Qush uyasi" milliy stadionida o`tadigan marosimda davlatimiz rahbari tog` chang`ichimiz Komiljon To`xtaevni shaxsan qo`llab-quvvatlaydi.
Sportchimiz yurtimiz sport delegasiyasi bilan birgalikda Vatanimiz bayrog`ini Millatlar paradida tantanali olib o`tadi. U 13 fevral kuni gigant slalom va 16 fevral kuni slalom yo`nalishida bellashadi.
Olimpiyachimizga omad va yuksak natijalar tilaymiz!






