1

Ertaga "Kim deyay seni?” filmining maxsus namoyishi bo`lib o`tadi

Madaniyat 04.02.2022, 15:45
Ertaga "Kim deyay seni?” filmining maxsus namoyishi bo`lib o`tadi

Ertaga 5 fevral kuni Kinochilar uyida soat 15:00 da Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Buxoriylar” MChJ tomonidan suratga olingan “Kim deyay seni?” badiiy filmining maxsus namoyishi bo`lib o`tadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Qamara Kamalova, postanovkachi operator Oskar Baxtiev, postanovkachi rassom Behzod Nazarov, grimyor Dilshoda Tilavova, liboslar bo`yicha rassom Irina Litvienko.

Mazkur film yosh avlod va ko`pni ko`rgan kattalar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar va ziddiyatlardan hikoya qiladi. Unda insonni keksalik davri, butun umri davomida orttirgan tajribasi va o`z ma`naviy boyligini yoshlarga topshirishdek mas`uliyati qamrab olingan.

Ma`lumot uchun, oldinda Kinematografiya agentligi tomonidan rejissyor Rustam Sa`dievning “Baron 2”, Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati”, Jamila Po`latovaning “Ayol qalbi” kabi kinofilmlarning premeralari o`tkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1