AsosiySport

Angliya kubogi. "Manchester Yunayted" penaltilar seriyasida yutqazib, musobaqani tark etdi

'Angliya kubogi. "Manchester Yunayted" penaltilar  seriyasida yutqazib, musobaqani tark etdi'ning rasmi

Angliya Kubogi 1/16 finalidan o`rin olgan dastlabki bahsda "Manchester Yunayted" kutilmaganda Chempionship ishtirokchisi "Midlsbro"ga yutqazib qo`ydi. 

Uchrashuvning asosiy bo`limlarida 1:1 hisobi qayd etildi. 20-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltidan gol ura olmadi. Qo`shimcha bo`limlarda hech bir jamoa gol urishning uddasidan chiqa olmadi. Penaltilar seriyasida esa "Midlsbro" 8:7 hisobida g`alaba qozondi va  keyingi bosqichga yo`llanma oldi. 

Angliya Kubogi. 1/16 final
"Manchester Yunayted" — "Midlsbro" 1:1
Penaltilar seriyasi — 7:8.
Gollar: Sancho (25) — Kruks (64).

    Boshqa yangiliklar