AsosiyJamiyat

Endilikda maktab bitiruvchilari kamida bitta cholg`u asbobini o`rgangan bo`lishi shart — Prezident qarori

'Endilikda maktab bitiruvchilari kamida bitta cholg`u asbobini o`rgangan bo`lishi shart — Prezident qarori'ning rasmi

«Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida» Prezident qarori e`lon qilindi. Qarorga muvofiq qator yangiliklar joriy etilmoqda.

2022/2023 o`quv yilidan boshlab:

Maktablarda:

● milliy musiqa cholg`ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o`rgatiladi, bu haqda ularning shahodatnomasiga tegishli qayd kiritiladi;

● musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir o`quv soati hamda unga qo`shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg`ularida kuy ijro etish amaliy to`garaklari va fakultativ darslari o`tkaziladi.

Kollej, lisey va OTMlarda

- davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo`limlari tomonidan lektoriy konsertlari o`tkazilishi yo`lga qo`yiladi;

- madaniyat va san`at sohasidagi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan ijodkorlar rahbarligida ularning «mahorat maktablari» tashkil etiladi.

 O`quvchi va talabalar o`rtasida madaniyat va san`at sohasidagi respublika ko`rik-tanlovlari tashkil etiladi.

O`zbekiston milliy va davlat simfonik orkestrlari, Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli va «O`zbek davlat sirki» davlat muassasasi ijodiy (badiiy) jamoalarining hududlarga gastrol safarlari tashkil etiladi.

 «Madaniyat karvoni» shaklida hududlarda konsert-tomosha tadbirlari o`tkaziladi, ushbu karvon uchun mo`ljallangan, tegishli musiqa texnikasi va sahnaga ega 2 dona maxsus avtotransport vositasi (20 mlrd so`m) xarid qilinadi.

«Inson qadri uchun» ezgu g`oyasi asosida har yili quyidagilar uchun davlat buyurtmalari beriladi:

- teatrlarda sahnalashtiriladigan kamida 40 ta yangi spektaklga;

-kompozitor va bastakorlarga 40 ta yangi musiqa asari yaratishga;

- kamida 100 ta yuksak badiiy saviyadagi Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun mo`ljallangan audiovizual asarlar yaratishga;

- kamida 150 ta eng yaxshi milliy qo`shiqlarni karaoke yordamida ijro qilish uchun qayta ishlashga.

 Aholi orasida keng ommalashgan saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda o`zbek xalqi milliy madaniyatini targ`ib etuvchi tanlovlar joriy etiladi.

    Boshqa yangiliklar