AsosiyJamiyat

42 yoshli farg`onalik erkak uyidan chiqib ketib qaytib kelmadi

'42 yoshli farg`onalik erkak uyidan chiqib ketib qaytib kelmadi'ning rasmi

42 yoshli Quva tumani, Damariq MFYda istiqomat qiluvchi Isaqov Xolmuxammad Anvarovich qidirilmoqda. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, fuqaro 2021 yilning 7 avgust kuni yashash xonadonidan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo`qolgan.

Bedarak  yo`qolgan Isaqov Xolmuxammad Anvarovichning alohida belgilari:  

Bo`yi 170-175 sm atrofida, sochi va qoshlari qora.

Egnida kulrang ko`ylak, qora rangli shim va qora rangli tuflida bo`lgan.  

"Bedarak yo`qolgan Isaqov Xolmuxammad Anvarovich haqida biron ma`lumotga ega bo`lganlar yaqin oradagi Ichki ishlar organlariga yoki  102 qisqa raqamiga shuningdek, quyidagi telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilib xabar berishlari so`raladi: 73: 244-36-22,  315-03-32 faks: 315-11-09", - deyilgan xabarda. 

    Boshqa yangiliklar