Kasallanishlar soni pasaydi: kecha yurtimizda 910 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 4 fevral holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 227909 (+912) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
-35 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
-21 nafari Andijon viloyatida,
-26 nafari Buxoro viloyatida,
-19 nafari Jizzax viloyatida,
-26 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-13 nafari Navoiy viloyatida,
-20 nafari Namangan viloyatida,
-52 nafari Samarqand viloyatida,
-11 nafari Sirdaryo viloyatida,
-45 nafari Surxondaryo viloyatida,
-74 nafari Farg`ona viloyatida,
-26 nafari Xorazm viloyatida,
-103 nafari Toshkent viloyatida,
-441 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 211731 (+457) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1581 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 155 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.






