Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Unda fuqaro S.T. Tojikiston davlat universitetida tahsil olayotgan talaba A.ning ishonchiga kirib, uning o`qishini 1 200 AQSh dollari evaziga Farg`ona davlat universitetiga ko`chirib berishni va`da qilib, shundan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






