Turkiyaning Antaliya shahrida o`quv-yig`in mashg`ulotlarini olib borayotgan "Nasaf" nazorat uchrashuvda maydonga tushdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Nasaf" xorijiy yig`in doirasida birinchi nazorat uchrashuvini Gruziyaning "Saburtalo" jamoasiga qarshi o`tkazdi. Uchrashuv 1:0 hisobida guriziyalik futbolchilarning g`alabasi bilan yakunlandi.
Nazorat uchrashuvi.
"Nasaf" — "Saburtalo" 0:1
Turkiya, Antaliya.
Gol: Giorgi Guliashvili
"Nasaf": 35. Abduvohid Ne`matov - 2. Alibek Davronov, 5. G`olib G`aybullaev, 6. Murodbek Rahmatov 9. Ivan Solovyov, 14. Sharof Muhitdinov, 18. Bahrom Abdurahimov, 19. Husayn Norchaev, 20. Suhrob Nurulloev, 28. Sardor Sadullaev, 88. Marko Stanoevich.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Mozgovoy, Aziz Xolmurodov, Asliddin Tursunpo`latov, Shahzod Akramov, Zafarmurod Abdirahmatov






