Avvalroq Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi xorijiy korxonada eshak go`shti so`yilishi haqida xabar qilingan edi.
Hokimiyat ushbu holat bo`yicha o`rganishni boshlagandi.
Ayni paytda tuman hokimligi o`rganish natijalarini ma`lum qildi:
"Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanida joylashgan "Qarshi Conch sement" xorijiy korxonasining qurilish hududida eshak so`yilganligi va bundan mahalliy ishchilar norozilik bildirgani aytilgan videolavha yuzasidan tegishli soha xodimlari tezkor surishtiruv ishlarini olib borishdi.
O`rganishlar davomida mazkur holat Kitob tumanidagi xorijiy korxona bilan bog`liq emasligi ma`lum bo`ldi", - deyiladi xabarda.






