Joriy yil 16, 17 va 18-fevral kunlari Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumani “Chimyon” qishlog`ida an`anaviy “Chimgan Chellenge” xalqaro sport festivali tashkil etiladi.
Unda mamlakatimizdagi vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan sport targ`ibotchilari hamda mahalliy aholi va xorijlik mehmonlar "Amirsoy" tog`-chang`i majmuasida sportning shaxmat, badminton, snoubord, tog` chang`isi, mini-futbol va xalq milliy o`yinlari bo`yicha o`zaro musobaqalashadi. Umutmang, sport salomatlik garovi!
Tashkilotchilar: O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo`mitasi, Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo`yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi, O`zbekiston Etnosport assosiasiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti






