Angliya kubogi 1/16 finali doirasidagi bir qator uchrashuvlar yakuniga etdi.
"Chelsi" o`z maydonida "Plimut"ni qabul qildi. Uchrashuvning asosiy bo`limlarida 1:1 hisobi qayd etildi. Qo`shimcha bo`limlarda esa omad "Chelsi" tomondan bo`ldi hamda 2:1 hisobida g`alaba qozondi.
"Manchester Siti" esa "Fulhem"ni 4:1 hisobida qiyinchiliksiz taslim qilgan bo`lsa, Frenk Lempard qabul qilib olgan "Everton" ham "Brentford"ni ham xuddi shunday hisobda engdi.
Angliya kubogi. 1/16 final.
Chelsi – Plimut 2:1
Gollar: 0:1 – 8 Gillesfi, 1:1 – 41 Aspilikueta, 2:1 – 105 Alonso.
Manchester Siti – Fulhem 4:1
Gollar: 0:1 – 4 Karvalo, 1:1 – 6 Gundo`g`an, 2:1 – 13 Stounz, 3:1 – 53, penalti Mahrez, 4:1 – 57 Mahrez.
Everton – Brentford 4:1
Gollar: 1:0 – 31 Mina, 2:0 – 48 Risharlison, 2:1 – 54, penalti Touni, 3:1 – 62 Holgeyt, 4:1 – 90 Taunsend.






