Ko`p uxlash ortiqcha vazn to`plashga sabab bo`ladi, deb o`ylasangiz, adashasiz. Uyqu paytida insonning semirib ketishi mantiqsiz ekanligi aytilmoqda. Hatto uzoq muddat davom etuvchi uyqu kishining semirib ketmiasligiga ham yordam berarmish. Bu haqda Vashington universiteti olimlari o`tkazgan tajribadan ma`lum bo`ldi.
Olimlar mingdan ortiq egizaklar ustida tajriba o`tkazishdi. Ma`lum bo`lishicha, sutkasiga etti soat uxlaydigan kishilarning aksariyati ortiqcha vazn muammosidan aziyat chekadi. Sutkasiga 8-9 soat uxlaydiganlar esa risoladagidek qaddi-qomat sohiblari bo`lishar ekan.
FARG`ONADAGI “UNIVERSIADA – 2016” TO`RT XORIJIY TILDA BUTUN DUNYoGA TARQATILADIhttps://t.co/kZ6NoJfvAF pic.twitter.com/SwvtfH7O43
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 25 maya 2016 g.





