AsosiyDunyo

Moskvada haydovchisiz jamoat transporti test rejimida yo`lga qo`yishga tayyorlanmoqda

'Moskvada haydovchisiz jamoat transporti test rejimida yo`lga qo`yishga tayyorlanmoqda'ning rasmi

Moskva shahrida qator yo`nalishlarda 2022 yil oxirigacha haydovchisiz taksi va tramvaylar harakati sinovini yo`lga qo`yish rejalashtirilayotir, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Rossiyaning “Interfaks” axborot agentligi tarqatgan ma`lumotga tayangan holda.

Agentlik xabarida qayd etilishicha, Moskvada haydovchisiz harakatlanadigan tramvay sinovi 2022 yilda boshlanadi, yil oxiri – kelgusi yil boshida esa test rejimida ish boshlashi mumkin.

«Interfaks» Rossiya merining o`rinbosari Maksim Liskutov  mazkur loyihani amalga oshirish aniqligi haqida bildirgan fikrlaridan iqtibos keltirgan. Bu loyiha Moskva shahrining transport dasturiga kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar