AsosiyJamiyat

1 yanvardan kuchga kirgan tartib bo`yicha soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan 15 nafar fuqaroga 9 mln so`m mukofot berildi

'1 yanvardan kuchga kirgan tartib bo`yicha soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan 15 nafar fuqaroga 9 mln so`m mukofot berildi'ning rasmi

2022 yil 1 yanvardan soliq huquqbuzarliklari haqida "Soliq" mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo`limi orqali xabar bergan fuqarolarga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida mukofot to`lanishi belgilangan. 

Joriy yil 1 yanvardan 4 fevralga qadar "Soliq hamkor" orqali yo`llagan murojaatlari o`z tasdig`ini topgan fuqarolarga jami 17,5 mln so`m mukofot tayinlangan bo`lib, ayni paytda 15 nafar fuqaroga 9 mln so`m mukofot to`lab berildi. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi xabar berdi. 

Fuqarolar "Soliq hamkor" orqali:  

  • chek bermaslik;
  • bank plastik kartasi orqali to`lovni qabul qilishni rad etish;
  • bank plastik kartasi orqali to`lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish;
  • noqonuniy tadbirkorlik faoliyati;
  • markirovkalanishi kerak bo`lgan mahsulotni markirovkasiz (yoki qalbaki markirovka bilan) sotish  va shu kabi soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berishi mumkin.  

Yo`llangan murojaat soliq organlari tomonidan o`rganilib, o`z tasdig`ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarima summasining 20 foizi mukofot sifatida murojaatchiga taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar