Avvalroq qalin yog`gan qor sabab "Taxtaqoracha" yopilgani, shundan so`ng, tozalash ishlari amalga oshirilishi natijasida dovon qayta ochilgani haqida xabar bergan edik.
Biroq viloyat FVB bugun, 17:30 holatiga Samarqand viloyatining Urgut tumanidan o`tgan M-39 avtomobil yo`lining "Taxtaqorcha" dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgani xaqida xabar berdi.
Buning asosiy sababi sifatida M-39 avtomobil yo`lining dovon qismida tinimsiz yoqqan qor oqibatida yo`lning yuza qismida muzlamalar xosil bo`lganligi ko`rsatilmoqda.
"Ayni daqiqalarda viloyat FVB rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda “Taxtaqorcha" dovonini qayta ochilishi kutilmoqda",-deyiladi xabarda.






