Bugun, 6 fevral kuni soat 18:28larda Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo`lining Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani hududidan o`tuvchi 977-kilometrida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, aytilgan joyga darhol yong`in-qutqaruv bo`linmalari yuborilgan.
Dastlabki bo`linmalar aytilgan manzilga soat 18:45 da etib borishgan va yuk avtomobilida ko`p miqdorda engil alangalanuvchi va yonuvchi mahsulotlar (lak-bo`yoq) bo`lganligi sababli yong`inni o`chirishga qo`shimcha kuch va vositalar jalb etilgan.
"Ayni vaqtda yong`in to`liq bartaraf etilib, yong`indan keyingi ishlar bajarilmoqda. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan",-deyiladi xabarda.






