Birlashgan Arab Amirliklari yashil maydonlarida klublar o`rtasida jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Musobaqaning yarim final ishtirokchilari ma`lum bo`ldi. Osiyo Chempionlar ligasi "Al-Hilol" mezbon "Al-Jazira" darvozasiga 6ta to`p kiritib, keyingi bosqichga yo`llanma oldi.
Shu tariqa, saudiyaliklar 9 fevral kuni "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi. Ikkinchi yarim final bahsida esa "Al-Ahli" va "Palmeyras" kurash olib boradi.
Klublar o`rtasidagi JCh. 1/4 final
"Al-Hilol" — "Al-Jazira" - 6:1
Gollar: Igalho (36), Pereyra (40), Kano (58), Salim Ad-Dovsari (78), Marega (88), Karrilo (90+2, penalti) — Diabi (14).






