AsosiyDunyo

Madagaskarda tropik siklon oqibatida kamida olti kishi halok bo`ldi

'Madagaskarda tropik siklon oqibatida kamida olti kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Madagaskarda "Batsiray" tropik sikloni oqibatida kamida olti kishi halok bo`ldi. Orolning 48 ming aholisi o`z uylarini tashlab, maxsus yaratilgan boshpanalarda panoh topishga majbur bo`lgan. Bu haqda "Euronews" yozmoqda

Qayd etilishicha, Hind okeanidagi siklonning boshlanishida orolning markaziy qismida shamol tezligi soatiga 240 km ga etgan.

Siklon kuchli yomg`ir keltirgani aytiladi. Bu esa Madagaskar sharqida suv toshqinlari va ko`chkilarga olib kelgan. Bir qancha aholi punktlari butunlay vayron bo`lib, infratuzilmaga katta zarar etgan.

Bu yil boshidan beri kelgan ikkinchi zarba, deya ta`kidlanadi.

Eslatib o`tamiz, birgina yanvar oyida Madagaskarda 58 kishi tropik bo`ron qurboni bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar