Rossiya Federasiyasining salohiyatli ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Moskva, Amur, Kursk viloyatlarida O`zbekiston fuqarolari uchun qurilish sohasining 60 dan ortiq yo`nalishlari bo`yicha bo`sh ish o`rinlari taklif qilinmoqda. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bu haqda xabardor qildi.
Unga ko`ra, fuqarolar nomiga Rossiya Federasiyasida ishlash huquqini beruvchi patent hujjatlarining aksariyati O`zbekistonda rasmiylashtiriladi.
Nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta`minlanadi.
Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanishi aytiladi.
Ishga qabul qilayotgan korxonalar: "StroyKraft", "Pik-Industriya", "Velesstroy", "Krokus", "Povoljskoe stroitelnoe predpriyatie", "Rudstroy".
Quyida tanlovlar vaqti va hududlar bilan tanishing:
8 fevral:
- Soat 11:00 da, Jizzax viloyati,
Manzil: Jizzaxlik MFY, Sharof Rashidov shoh ko`chasi, 44-uy.
Mo`ljal: Jizzax "Ishga marhamat" monomarkazi (O`rda bog`i yaqinida).
72 223-90-66, 72 223-90-65.
9 fevral:
- Soat 11:00 da, Namangan viloyati,
Manzil: Nodira ko`ch., 3-uy. Viloyat mehnat boshqarmasi binosi.
69 227-94-64, 69 227-97-27.
- Soat 11:00 da, Farg`ona viloyati,
Manzil: B.Marg`inoniy ko`ch., 4-uy.
Mo`ljal: 10-maktab, Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi binosi.
73 244-40-01.
- Soat 11:00 da, Toshkent shahri
Manzil: Mirobod tumani, Shahrisabz ko`chasi 34-uy.
Mo`ljal: Yapon markazi binosi.
71 236-30-40.
10 fevral:
- Soat 11:00 da, Farg`ona viloyati,
Manzil: B.Marg`inoniy ko`ch., 4-uy.
Mo`ljal: 10-maktab, Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi binosi.
73 244-40-01.
- Soat 11:00 da, Xorazm viloyati,
Manzil: Urganch sh., Baynalminalchi ko`ch., 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi.
62 229-19-96;
11 fevral:
- Soat 11:00 da, Namangan viloyati,
Manzil: Nodira ko`ch., 3-uy. Viloyat mehnat boshqarmasi binosi.
☎️69 227-94-64, 69 227-97-27.
- Soat 11:00 da Andijon viloyati,
Manzil: Bobur sh. ko`ch., 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi
Mo`ljal: Sobiq afg`on bog`i ro`parasi, Transport kolleji.
95 202-33-55;
- Soat 11:00 da, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Manzil: Nukus sh., Utepova ko`ch., r/u. "Ishga marhamat" monomarkazi
Mo`ljal: "Istiqlol bog`i" - Kvadrat park.
55 102-53-32, 55 102-53-34.






