AsosiyJamiyat

Buxorodagi "Chor Bakr" majmuasi eri noqonuniy auksionga qo`yilgani aniqlandi

'Buxorodagi "Chor Bakr" majmuasi eri noqonuniy auksionga qo`yilgani aniqlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxorodagi "Chor Bakr" majmuasi  eri auksion savdoga qo`yilganligi to`g`risida xabarlar tarqaldi.

Turizm va sport vazirligi holat bo`yicha qo`yidagicha munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 17 yanvardagi Buxoro viloyatida o`tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida Buxoro tumani Shergiron MFY hududida joylashgan davlat muhofazasiga olingan "Chor Bakr" (majmuasi) madaniy meros ob`ektining muhofaza tegralarida er uchastkalari ijaraga va mulk huquqi asosida noqonuniy elektron onlayn-auksionga qo`yilganligi aniqlangan.

Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan 2022 yil 7 yanvar kuni (03-m/21-sonli) Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasiga yo`llangan murojaat xatiga ko`ra "Chor Bakr" majmuasi qo`riqlanadigan tegrasidan 0.018 ga 6 ta jami (0.10,8 ga) bo`sh turgan er uchastkasini "erelektron" avtomatlashtirilgan axborot tizimidan chiqarib tashlash choralarini ko`rishni bildirgan.

"O`rganish natijalari to`g`risida qo`shimcha ma`lumot beriladi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar