Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati Rasul kusherbaevning xabar berishicha, ayni vaqtda “UzAuto Motors” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni etkazib berishda shartnoma shartlari bo`yicha oldindan to`lov miqdorini pasaytirish bo`yicha takliflar ishlab chiqilayapti. Ushbu takliflarni Hukumatga kiritish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan deputat fuqarolardan 2005-2011 yillarda “UzAuto Motors" ("GM Uzbekistan" AJ) tomonidan engil avtomobil etkazib berish bo`yicha shartnoma tuzganlar bo`lsa, o`sha shartnoma nusxalarini "@Kusherbayevga_murojaatbot" bot manziliga yuborishda yordam ko`rsatishni so`ramoqda.
" Ma`lumotlardan fuqaroning shaxsi egasizlantirilgan holda takliflarni asoslashda foydalaniladi.
Monopoliyani jilovlash qiyin bir vaziyatda ezgu maqsad yo`lida ko`rsatayotgan hamkorligingiz uchun oldindan rahmat!, " - deydi R.Kusherbaev.






