Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqqo`rg`on tuman bo`limi hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.M., boshqa bir fuqaro M.ga “M” chorva dehqon xo`jaligiga qarashli 40 sotix er maydonini firibgarlik yo`li bilan 30 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






