AsosiyJamiyat

O`zbekistonda xotin-qizlar huquqlari bo`yicha umummilliy imtihon o`tkaziladi

'O`zbekistonda xotin-qizlar huquqlari bo`yicha umummilliy imtihon o`tkaziladi'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo`yicha dolzarb ikki oy” deb e`lon qilingan edi.

Vazirlikning xabar berishicha, mazkur tadbir doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon o`tkaziladi.

 Imtihonda 15 yosh va undan katta barcha xotin-qizlar qatnashishi mumkin bo`lib, ishtirok etish ixtiyoriy, bepul va ochiq.

Imtihonda qatnashish uchun 8-mart.adliya.uz saytida joriy yil 15 fevraldan 28 fevralga (shu kuni ham) qadar ro`yxatdan o`tish talab etiladi.

️Imtihon ikki bosqichdan iborat:

1-bosqich – onlayn test, 1 mart soat 09.00 dan 13.00 gacha bo`lib o`tadi.

2-bosqich – suhbat, 4 mart soat 10:00 da tashkil etilib, 3 nafar g`olib aniqlanadi.

 

    Boshqa yangiliklar