AsosiySport

Pekin-2022. Kimda nechta medal bor?

'Pekin-2022. Kimda nechta medal bor?'ning rasmi

Xitoy poytaxtida o`tkazilayotgan Olimpiya o`yinlarining to`rtinchi kuni ham ortda qoldi. Ma`lum qilganimizdek, ushbu kunda 10 ta medallar jamlanmasi o`ynaldi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Biroq umumiy hisobda Shvesiya termasi peshqadamlikni hamon saqlab turibdi. Skandinavlar hisobida 4 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallari mavjud. Ikkinchi pog`onada Niderlandiya delegasiya (3-3-1) ketayotgan bo`lsa, mezbonlar germaniyalik sportchilar bilan 3 ta oltin va 2 ta kumush medallarini jamg`argancha uchinchi hamda to`rtinchi o`rinlarni bo`lishib turishibdi. Kuchli o`nlik quyidagicha:

Medallar jamg`arish (oltin – kumush – bronza – jami)

1. Shvesiya – 4-1-1 (6)

2. Niderlandiya – 3-3-1 (7)

3-4. Xitoy – 3-2-0 (5)

3-4. Germaniya – 3-2-0 (5)

5. Norvegiya – 3-1-4 (7)

6. Italiya – 2-4-1 (7)

7. Rossiya Olimpiya qo`mitasi – 2-3-5 (10)

8. Avstriya – 2-3-2 (7)

9. Sloveniya – 2-1-2 (5)

10. Fransiya – 1-4-0 (5)

    Boshqa yangiliklar