Xabaringiz bor, ayni kunlarda Pekinda qishki Olimpiya o`yinlari bo`lib o`tmoqda.
Bugun beshinchi kun bahslariga ham start berildi. Kunning ilk medallar jamlanmasi fristaylning "Big-eyr" yo`nalishida erkaklar o`rtasida o`ynaldi.
Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi qayd etmoqda.
Shvesiya jamoasi 3 dasturda maksimal natija ko`rsatib, yakka g`oliblikni qo`lga olgandi. Biroq endi norvegiyalik Birk Rud o`z dasturi bilan yuqori natija ko`rsatib, jamoasi hisobiga to`rtinchi oltin medalni taqdim etdi va umumjamoa hisobida ularni birinchi o`ringa olib chiqdi.
Kumush va bronza medallari mos ravishda amerikalik Kolbi Stivenson hamda shvesiyalik Xenrik Xarlautga nasib etdi.
Pekin-2022. Fristayl
Erkaklar, "Big-eyr":
1. Birk Rud (Norvegiya);
2. Kolbi Stivenson (AQSh);
3. Xenrik Xarlaut (Shvesiya).






