Apple kompaniyasi rahbari Tim Kuk o`zining Amsterdamga tashrifi chog`ida qadimiy suratlardan birida iPhone ko`rganini ma`lum qildi. Kuk hazil bilan gadjet XVII asrda yaratilgan deyish mumkinligini ta`kidladi. Bu haqda Apple rahbari CNBC telekanaliga ma`lum qildi.
Dastur boshlovchisi Kukdan iPhone qachon kashf etilganini bilasizmi degan savoliga Apple rahbari “Yaqingacha men buning javobini bilishimngia ishonardim, ammo hozir hammasi o`zgardi”. O`tgan kechada biz Nelli bilan Rembrandt kartinalarini tomosha qilishga bordik, men uning asarlaridan birini ko`rib hayratga tushdim. Unda iPhone bor edi”, — hazillashdi Kuk.
Uning bu topilmasiga Twitter foydalanuvchilari ham e`tibor berishdi, ayrimlar iPhone tasvirlangan kartinani o`z sahifalarida chop eta boshlashdi. Biroq keyin ushbu kartina gollandiyalik rassom Piter de Xox tomonidan chizilgani ma`lum bo`ldi.
HINDISTONDA DUNYoDAGI “ENG OG`IR” QIZALOQ TUG`ILDIhttps://t.co/4R0QG1aMj8 pic.twitter.com/zgAhzgo3op
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 26 maya 2016 g.