AsosiySport

Pekin-2022. 5-kungi bahslarda peshqadam yana o`zgardi

'Pekin-2022. 5-kungi bahslarda peshqadam yana o`zgardi'ning rasmi

Pekin-2022 qishki Olimpiya o`yinlarida beshinchi kun dasturidan o`rin olgan barcha medallar o`z egalarini topdi. Ahamiyatlisi, ushbu kun yakunida Germaniya umumjamoa hisobida etakchilikni qo`lga oldi.

Chang`i ikkikurashi hamda chana sportida qo`lga kiritilgan 2 ta oltin va 1 ta kumush medallari nemislarga barcha raqiblarni quvib o`tish uchun etarli bo`ldi. Ular hisobida endilikda 5 ta oltin va 3 ta kumush medallari mavjud. Ikkinchi va uchinchi o`rinda Norvegiya hamda Shvesiya jamoalari turishibdi. Shuningdek, bugungi bahslarda Slovakiya, AQSh, Koreya Respublikasi jamoalari ushbu Olimpiadadagi birinchi oltin medalini qo`lga kiritdi. Kuchli o`nlik:

Medallar jamg`arish (oltin – kumush – bronza – jami)

1. Germaniya – 5-3-0 (8)

2. Norvegiya – 4-2-4 (10)

3. Shvesiya – 4-1-2 (7)

4. Niderlandiya – 3-3-1 (7)

5. Xitoy – 3-2-0 (5)

6. Avstriya – 2-4-4 (10)

7. Italiya – 2-4-1 (7)

8. ROQ – 2-3-6 (11)

9. Sloveniya – 2-1-2 (5)

10. AQSh – 1-5-1 (7)

    Boshqa yangiliklar